«Liverpul»ning darvozaboni Alysson jamoaning joriy mavsumdagi o'yinlari haqida fikr bildirdi.

«Haqiqat shundaki, biz kutganimizdek yaxshi o'ynamayapmiz. Bu bizda hamma narsa yomon degani emas. Ko'plab o'yinlarda munosib o'yin ko'rsatamiz, lekin barqarorlik hali yetishmayapti.

Bizda birinchi darajali murabbiy va birinchi darajali o'yinchilar bor. Biz ko'p narsaga qodirmiz, lekin jamoa sifatida «Endi hammasi joyida» deb his qiladigan holatga kelishimiz kerak. Bizda ishonch bor. Biz g'alaba qozonish uchun zarur bo'lgan hamma narsaga egamiz». Biz buning ustida ishlayapmiz. Umid qilamanki, biz bu darajaga iloji boricha tezroq erishamiz, lekin bu uchun vaqt kerak. Biz sabr qilishimiz kerak. Vaqtni behuda sarflamasligimizni tushunamiz», - deya Alyssonni BBC iqtibos keltirmoqda.

«Liverpul» Angliya Premer-ligasida to'rtinchi o'rinda turibdi.