«Liverpul» darvozaboni Alisson o'zining kelajagi haqida fikr bildirdi. Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026/2027 mavsumi oxirigacha mo'ljallangan. Oldinroq matbuotda Alisson shartnomani uzaytirish niyatida ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Ha, men qolishni xohlayman. Men har bir o'yinga e'tibor qaratyapman, lekin umuman olganda, «Liverpul»da o'ynashni davom ettirishni xohlar edim. Albatta, ko'p narsalar turli sharoitlarga bog'liq. Lekin mening istagim - qolish. Bu yerda yaxshi, oilam ham baxtli. Men hali ham kuboklarga chanqoqman va sifatli o'yin ko'rsatishni xohlayman. Men iloji boricha uzoq vaqt yuqori darajada o'ynashga intilaman.
Kelishuvlar? Men shaxsan klub bilan muloqot qilganim yo'q, lekin agentim bu masalalar bilan shug'ullanmoqda», - deydi Alisson, BBCga ko'ra.
«Liverpul»ning keyingi o'yini 22-noyabrda «Manchester Yunayted»ga qarshi o'z maydonida bo'lib o'tadi.
