«Chelsi» «Portu» dan darvozabon Diogu Koshni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

«Ko'klar» portugaliyalik futbolchining 60 million evro miqdoridagi tovon to'lovini faollashtirishga tayyor, deb xabar bermoqda Transfer News Live Mundo Deportivo'ga asoslanib. «Drakonlar» yulduzining transferi Londondagi ulkan klub uchun bu yozda so'nggi katta bitim bo'lishi mumkin.

Diogu Koshning bozor qiymati Transfermarkt portalida 40 million evro deb baholangan bo'lib, u dunyodagi eng qimmat darvozabonlar ro'yxatida uchinchi o'rinda turadi. Sentabrda futbolchining 27 yoshga to'lishi kutilmoqda.

Kosh «Portu» uchun jami 247 ta o'yin o'tkazgan, shuningdek, milliy terma jamoa Portugaliya safida 48 marta maydonga tushgan.