«Como» Chelsi bilan markaziy himoyachi Trehvo Chalobani transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Jurnalist Janluka Di Marcio ma'lumotlariga ko'ra, ingliz klubi 27 yoshli futbolchini doimiy asosda qo'yib yuborishga rozi bo'lgan. Bitim summasi 30 million evro, yana 3 million evro bonus sifatida ko'zda tutilgan.

Shuningdek, Chaloba yaqin kunlarda Italiyaga yetib boradi va shartnoma imzolashdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Chaloba 2021 yildan beri Chelsida o'ynaydi. U londondagi jamoa safida 151 o'yin o'tkazib, 8 gol urdi va 3 assist berdi.