Londondagi Arsenal yarimhimoyachisi Deklan Rayis «PSJ» haqida fikr bildirdi. Angliyalik futbolchi Luis Enrike boshqaruvidagi jamoaning Chempionlar ligasida ketma-ket ikki g'alabaga erishganini ta'kidladi.

«Ular qanday o'ynayotganini, Enrike ularni qanday tashkil etganini ko'ring... «PSJ» raqiblarni maydonda eng noqulay joylarga tortib olib keladi. Bu haqiqatan ham birlashgan jamoa», – deydi Rayisning so'zlarini Actu Foot yetkazmoqda.

O'tgan yilgi Chempionlar ligasi finalida aynan Arsenal fransuz gigantiga mag'lub bo'lgan edi. O'yin vaqti 1:1 hisobida tugadi, penaltilar seriyasida esa Enrike jamoasi aniqroq bo'ldi.