Matbuotda «Nyukasl»ning «Arsenal»ga yarim himoyachi Bruno Gimaraysni sotish taklifiga rad javob bergani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. The Times nashrining ma'lum qilishicha, «kanonirlar» 75 million funt (taxminan 87,5 million evro) taklif qilgan.

Oldinroq matbuotda «Arsenal»ning 28 yoshli Gimaraysni qanchaga sotib olishi mumkinligi haqida turli xil ma'lumotlar tarqalgan edi. «Nyukasl»ning 100 million evro atrofida mablag' talab qilgani haqida xabarlar bo'lgan.

Shubhasiz, 28 yoshli Gimarays bo'yicha muzokaralar davom etadi. Braziliya terma jamoasi o'yinchisinin «Arsenal» futbolkasini kiyishni xohlagani haqida ma'lumotlar kelib tushgan.