«Liverpul» va «PSJ» forvard Bradley Barkola transferi bo'yicha rasmiy muzokaralarni boshladi. Buni ijtimoiy tarmoqlarda taniqli insayder Fabrizio Romano yozdi.

Romano ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul» Barkola uchun 100 million evrodan ko'p taklif qilgan, ammo merseysaydliklarning taklifi «PSJ»ning talablaridan hali ancha uzoqda. Muzokaralar jarayoni davom etadi.

Shuningdek, 23 yoshli Bradley Barkola «Liverpul»ga o'tishni xohlaydi.

Avvalroq, matbuotda Barkolaning «PSJ»dagi roli uni qoniqtirmayotgani haqida xabarlar chiqqandi. U parijliklar safida 152 o'yin o'tkazib, 39 gol va 37 assistga ega bo'lgan.