«Manchester Yunayted» qanot o'yinchisi Markus Resford bu yozda «Barselona»ga qaytmaydi.

Angliyalik o'yinchi o'tgan mavsumda «ko'k-qizil» jamoasida ijarada o'ynadi. Katalon klub «qizil iblislar» bilan o'yinchini sotib olish bo'yicha kelisha olmadi.

«Men Markus bilan ishlashdan juda mamnun edim, – deydi «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik, – Ba'zan ijaraga olingan o'yinchilar bilan qanday natija chiqishini bilmaymiz. Bizda qiyin vaziyat yuzaga keldi, lekin Resford bilan ishlash juda yoqimli edi – u fantastik o'yinchi va ajoyib inson. Jamoaga uning yetishmaydi, men ham uni sog'inaman, lekin hayot shunday», – deydi nemis mutaxassisi Daniyal Xan so'zlarini keltirib.

Juma kuni «Barselona» Angliyada «Birminham»ga qarshi do'stlik o'yinini o'tkazdi: uchrashuv 90 daqiqadan so'ng 2:2 hisobida tugadi va mezbonlar penaltilar seriyasida g'alaba qozondilar.