Markaziy himoyachi «Tottenhem» Krestian Romero milanlik «Inter»ga o'tish uchun chegirmalar qilishga tayyor.
28 yoshli futbolchi maosh talablarini yiliga 5,5 million evrogacha pasaytirdi, deydi Sky Sport jurnalisti Manuele Bayokkini. «Nerazzurri» «shporlar» kapitani transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda, ammo avval o'z futbolchilaridan birini sotishi kerak – birinchi nomzod sifatida Benjamen Pavar ko'rsatilmoqda.
Kristian Romero ning Transfermarkt saytida baholangan qiymati 50 million evro. Argentinalik futbolchi «Tottenhem» ranglarini 2021 yildan buyon himoya qilmoqda. Markaziy himoyachining London klubidagi amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha davom etadi.
