«Inter» «Liverpul» yarimhimoyachisi Kortis Jonzni sotib olish uchun harakatlarini davom ettirmoqda.

Indykaila News ma'lumotlariga ko'ra, milanlik klubning vakillari London shahriga kelib, «Liverpul» rasmiylari bilan uchrashmoqchi. Tomonlar Jonzni italiyalik jamoaga o'tkazish detallarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Kortis Jonz «Liverpul» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning shartnomasi 2027-yil 30-iyungacha amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda yarimhimoyachi «qizillar» safida barcha musobaqalarda 49 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida Jonzning narxi 35 million evroga baholangan.