Asosiy murabbiy «Chelsi» Xabi Alonso London klubining yarim himoyachisi Moises Kaysedo haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Kecha uni ko‘rganimda, uning o‘yini va mentalitetidan chin dildan hayratda qoldim. Men ekvadorlik futbolchilarni bilaman, ular o‘ziga xos, va bu haqda ko‘p eshitganman, u bilan telefon orqali gaplashganman, lekin bu birinchi muloqotim edi, u top-futbolchi, men uchun dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri, shubhasiz. Endi u bu yerda, endi ish boshlash va uni yaxshilanishiga yordam berish vaqti keldi», - deya Xalonsoning so‘zlarini keltiradi Football.London.

Eslatib o‘tamiz, Moises Kaysedo 2023 yildan buyon «Chelsi» safida o‘ynaydi. Uning «siniylar» bilan shartnomasi 2033 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.