«Lille» yarimhimoyachisi Ayub Buaddi «Manchester Siti»ga o'tishga yaqin.
Jurnalist Matteo Moretto ma'lumotlariga ko'ra, «shaharchilar» yosh futbolchini transfer qilish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. Hozirda tomonlar marokashlik futbolchi uchun eng yaxshi qaror qabul qilishni o'rganishmoqda. «Lille» Buaddini o'z klubida yana bir mavsum ijarada saqlamoqchi, «Manchester Siti» esa yarimhimoyachining yangi mavsumni APLda boshlashini xohlaydi.
Ayub Buaddi «Lille»ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha davom etadi. O'tgan mavsumda yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 42 o'yin o'tkazib, bitta golli uzatma berdi.
