Rimning «Roma» klubi hujum chizig'ini kuchaytirish uchun yangi o'yinchilar izlamoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Jurnalistning ma'lum qilishicha, rimliklar ikki mashhur braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. «Bo'ri» jamoasi «Real»dan Endrik va «Arsenal»dan Gabriele Martinelli nomlarini ko'rib chiqmoqda.

O'tgan mavsumda Martinelli «kanonirlar» safida 53 o'yinda maydonga tushdi. U 11 gol urdi va 7 golli pas berdi.

Endrik esa 2025/2026 mavsumi ikkinchi yarmida fransuzning «Lion» klubida ijarada o'ynadi. U 8 gol va 8 golli pas bilan o'z hisobiga yozdi.