«Chelsi»ning qanot o'yinchisi Pedru Netu «Manchester Siti»da karerasini davom ettirishi mumkin.

TribalFootball ma'lumotlariga ko'ra, «shaharchilar» portugaliyalikni Savio o'rnida ko'rishmoqda, u esa «Tottenhem»ga o'tishga yaqin. Braziliyalik o'yinchining potentsial transfer narxi taxminan 60 million funt sterlingni tashkil etishi mumkin. Shu bilan birga, «Chelsi» Pedru Netuni sotish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor.

Pedru Netu 2024 yilda «Chelsi»ga «Vulverhempton»dan 60 million evro evaziga o'tdi. Uning Londondagi klub bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda qanot o'yinchisi «ko'klar» safida barcha musobaqalarda 52 o'yin o'tkazib, 10 gol urdi va 10 golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Pedru Netuning qiymatini 60 million evro deb baholamoqda.