«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Atletik»ning qanot o'yinchisi Niko Uilyamsni Viniisius Junior o'rniga transfer qilishni afzal ko'radi.
ElNacional.cat ma'lumotlariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis Uilyamsni taktik jihatdan «kanonirlar»ga yaxshiroq mos keladi deb hisoblaydi, chunki uning himoyadagi samaradorligi va pastroq narxi uni jozibador variantga aylantiradi. Niko ham «Atletik»dan ketishga tayyor.
Niko Uilyams «Atletik»ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning shartnomasi 2035 yil 30 iyungacha amal qiladi. O'tgan mavsumda qanot o'yinchisi Bilbao jamoasi safida barcha musobaqalarda 32 o'yin o'ynab, 6 gol urdi va 7 golli uzatma berdi.
