Himoyachi «Al-Hilal» Teo Ernandes Angliya Premer-ligasida faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Tuttosport ma'lumotlariga ko'ra, fransuzni «Chelsi» transfer qilishga qiziqmoqda. Londondagi klub futbolchining vakillari bilan oldindan muzokaralar o‘tkazdi va uning mumkin bo‘lgan transferi haqidagi pozitsiyasini bilib oldi.
Teo Ernandes «Al-Hilal»ga «Milan»dan 2025 yilda 25 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. O'tgan mavsumda fransuz saudiyalik klubda barcha musobaqalarda 44 o'yin o'tkazib, to'qqiz gol urdi va olti golli uzatma berdi.
