Hujumchi Markus Rashford bu yozda «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkin.
Jurnalist Pedro Almeida ma'lumotlariga ko'ra, hujumchini «Al-Nasr» klubi qiziqtirmoqda. Saudiya klubi ingliz futbolchisini transfer qilish bo'yicha faol ish olib bormoqda.
Markus Rashford «Manchester Yunayted»ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha davom etadi. O'tgan mavsumda hujumchi «Barselona»da ijarada o'ynadi, u barcha turnirlarda 49 o'yin o'tkazib, 14 gol urdi va 14 golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Rashfordning narxini 40 million evroga baholamoqda.
