Yarim himoyachi «Manchester Siti» Rodri bu yozda Madridning «Real» jamoasiga qo'shilishi mumkin.
Ma'lumki, «shaharchilar»ning yetakchisi «oq-qoralar» safiga o'tishni xohlaydi. The Touchline ma'lumotlariga ko'ra, Rodrining Ispaniya terma jamoasidagi ba'zi hamkasblari uni ogohlantirib, «qirollik» klubidagi muhitning keskinligini aytishgan. Hozirgi va sobiq «qizil furiya» futbolchilari Rodrini ogohlantirgan, ammo aniq ismlar keltirilmagan.
Rodrining transfer shartlari bo'yicha kelishuv hali amalga oshmagan, ammo 30 yoshli jahon chempioni «Real» uchun eng muhim maqsadlardan biri hisoblanadi. O'yinchining «Manchester Siti» bilan shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi.
