Londonning Chelsi jamoasi murabbiyi Xabi Alonso avstraliyalik «Vester Sidney» klubiga qarshi o‘tkazilgan do‘stlik uchrashuvi natijasi haqida fikr bildirdi. «Ko‘klar» 6:4 hisobida g‘alaba qozondilar.

«Ushbu o‘yin biz uchun foydali bo‘ladi. Bunday uchrashuvlardan jamoa ma'lum tajriba oladi. Biz qiyin vaziyatlarga tushib qolganimizda yechim topishimiz kerak, shuning uchun bu sparring jamoa uchun foydali. Fanatlar uchun bu juda qiziqarli o‘yin bo‘ldi», - dedi ispaniyalik mutaxassis klubning matbuot xizmatiga.

O‘tgan mavsumda Angliya Premer Ligasida «pensionerlar» faqat o‘ninchi o‘rinda tugatdilar.