Londondagi «Chelsi» yarim himoyachisi Jeymi Bayno Gitens avstraliyalik «Vester Sidi» klubiga qarshi o‘tkazilgan do‘stlik uchrashuvidan so‘ng fikr bildirdi. Inglizlar 6:4 hisobida g‘alaba qozondilar.

«Men jamoada o‘zimni yaxshi his qilaman. Jarohatdan so‘ng qaytganimdan va gol urganimdan xursandman. Gol urishni juda yaxshi ko‘raman, bu har doim ijobiy lahzalar. Xuddi shunday davom etishni xohlayman.

Alonso? U men bilan ko‘p ishlaydi, menga yaxshi munosabatda. Bu ajoyib mutaxassis va inson, uning bilan hamkorlik qilish juda yoqadi», - deydi futbolchining so‘zlarini «Chelsi» matbuot xizmati etkazdi.

21 yoshli qanot o‘yinchisi o‘tgan yilning yozida «Chelsi»ga o‘tgan. Uning shartnomasi 2032-yilning iyun oyigacha davom etadi.