«Chelsi» Dani Uelbekni hujum chizig'iga qo'shishni ko'rib chiqmoqda. Bu haqda The Athletic sahifalarida ma'lum qilindi.

Ta'kidlanishicha, «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso 35 yoshli Uelbekni futbolchi va lider sifatida yuqori baholamoqda.

«Brayton»da «Chelsi»ning tajribali Uelbekka qiziqishi haqida xabardorlar. Barcha tomonlar potentsial kelishuvga optimistik yondashmoqda. Biroq, hozircha vaziyat dastlabki bosqichda.

Dani Uelbekning faoliyatini «Brayton» bilan 2027 yilning o'rtalarigacha davom ettiruvchi amaldagi shartnomasi bor. O'tgan mavsumda APLda Uelbek 38 o'yinda 13 gol urib, karerasidagi eng yaxshi natijasini ko'rsatdi.

Uelbek avvalgi faoliyatida «Manchester Yunayted» va «Arsenal» kabi bir qator jamoalarda o'ynagan.