Arsenal bosh murabbiyi Mikel Arteta Vinisiyus Junyorni qo'shib olish g'oyasiga qiziqmoqda. Bu haqda BBC sahifalarida ma'lumot berilgan.
Biroq, Vinisiyusning atrofidagilar braziliyalik futbolchining Arsenalga o'tishi qiyin bo'lishini hisoblaydilar.
Vinisiyus Junyorning Real bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 mavsumi oxirigacha davom etadi. Avvalroq, 26 yoshli hujumchi va klub o'rtasida shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarda maosh masalasida bir-biriga to'g'ri kelmayotgani haqida xabar berilgan.




