Krayniy napadachi Jadon Sancho Evropadan tashqarida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Foot Mercato ma'lumotlariga ko'ra, 26 yoshli vingerga qatarlik klub «Al-Rayyan» qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, sakkiz marta mamlakat chempioni Sancho bilan mehnat shartnomasini imzolashni taklif qilgan. Endi «Al-Rayyan» ingliz futbolchisining javobini kutmoqda. Avvalroq xabar berilganidek, forvard o'z vatanida o'ynashni xohlayotgan edi.
Bu yozda Sancho «Manchester Yunayted»dan shartnoma muddati tugashi sababli ketdi. O'tgan mavsumda futbolchi ijarada «Aston Villa»da 39 ta o'yinda qatnashib, bitta gol urdi va uchta golli uzatma berdi.




