Londondagi «Chelsi» tajribali standart holatlar bo'yicha mutaxassis Ostin Makfini o'z murabbiylar shtabiga jalb etishga qiziqmoqda. Hozirda u «Aston Villa»da ishlamoqda. Bu haqda BBC sahifalarida ma'lum qilindi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «ko'klar» rahbariyati Makfi bilan muzokaralar olib bormoqda. Londondagi jamoa murabbiyi Xabi Alonso bu mutaxassis bilan ishlashni xohlaydi. Shuningdek, «Aston Villa» murabbiyi boshqa ingliz klublari va Saudiya Arabistoni jamoalariga ham qiziqish uyg'otmoqda.
Ostin Makfi «Aston Villa»da 2021 yildan beri faoliyat yuritmoqda. 46 yoshli mutaxassis, shuningdek, Roberto Martines boshqaruvidagi Portugaliya terma jamoasida standart holatlar bo'yicha murabbiylik qilgan.
O'tgan mavsumda «villalar» standartlardan gol urish bo'yicha Londondagi «Arsenal» bilan birinchi o'rinni bo'lishgan, 2023/2024 mavsumida esa «Aston Villa» Evropa top-5 ligasidagi eng yaxshi klub bo'lib chiqdi.




