Fransuz klubi «PSJ» ning qanot o'yinchisi Bradli Barkola yangi shartnoma imzolamaydi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, qaror yakuniy bo'lib, futbolchi bu yozda boshqa klubga o'tish imkoniyatlarini ko'rib chiqishga tayyor. Barkola uchun asosiy da'vogar «Liverpul» hisoblanadi.

O'tgan mavsumda 23 yoshli o'yinchi klub darajasida 49 ta o'yinda maydonga tushib, 13 gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi. Uning shartnomasi 2028 yilda tugaydi va Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, bozor qiymati 90 million yevro.