Braziliyalik yarimhimoyachi «Nyukasl» Bruno Gimaraes Londonning «Arsenal» klubi uchun transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda.
Jurnalist Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berganidek, «kanonirlar» yarimhimoyachining transferi ustida ishni kelasi haftada davom ettiradi. Premier-liga chempioni Gimaraes uchun taklifni yaxshilashni rejalashtirmoqda.
28 yoshli yarimhimoyachining Transfermarkt portalidagi bahosi 70 million evro. Uning «sorokalar» bilan shartnomasi 2028-yilning yozigacha mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda Angliya chempionatida Bruno 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.




