Erkin agent Yulian Brandt Dortmundning «Borussiya» klubidan ketganidan so'ng, karyerasini Angliyada yoki Niderlandiyada davom ettirishi mumkin.
Sky Sports ma'lumotlariga ko'ra, 30 yoshli nemis yarimhimoyachisi «Lids» va «Ayaks»dan takliflar oldi. Shuningdek, futbolchi Angliya chempionatida o'ynash imkoniyatini afzal ko'radi va «Lids»ga o'tishga moyil.
Brandt, agar yaqin kelajakda Serie A dan aniq taklif kelib tushsa, o'sha variantga ham ochiq.
«Lids» shartnoma ustida ish olib bormoqda. O'yinchining otasi va agenti Yurgen Brandt yaqinda klubning trening bazasini ziyorat qildi.
O'tgan mavsumda 30 yoshli Brandt 41 o'yinda 11 gol urdi va 4 assist berdi. Germaniya terma jamoasi safida 48 o'yin o'tkazgan futbolchining bozor qiymati 15 million evrodir.




