«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi, klubda qolishni xohlamaydigan va jamoasi bilan faxrlanmaydigan futbolchilar klubni tark etishi kerakligini aytdi.

Mutaxassisning bu so'zlari yarim himoyachi Lukas Bergvall atrofidagi noaniqlik fonida aytildi. Shved futbolchisi «Tottenxem»ning yozgi tayyorgarlik safariga kiritilgan, ammo u klubdan ketish variantini ko'rib chiqishi mumkin.

«Men «Tottenxem»ga kelganimda, o'z pozitsiyamni aniq belgilab qo'ydim. Bu yerda bo'lishni xohlamaydigan, baxtli bo'lmagan va ushbu klubda o'ynashdan faxrlanmaydiganlar ketishi kerak», - deydi murabbiy ESPNga bergan intervyusida.

Biroq, murabbiy Bergvallning kelajagini shaxsiy ravishda hali muhokama qilmaganligini ta'kidladi.

«Men hozircha Lukas bilan suhbatlashmadim. Buni yaqin kunlarda amalga oshiraman va biz klub, u, men va hammamiz uchun eng yaxshi yechimni topamiz. Har qanday mojaro bo'lmasdan. Lukas - katta, katta talant», - qo'shimcha qildi mutaxassis.

Avvalroq «Tottenxem» «Nottinhem Forest» va «Nyukasl»ning ushbu futbolchi bo'yicha takliflarini rad etgan edi.