Manu Kone «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadlari ro'yxatida qolmoqda, ammo bitim hozircha harakatga kelmadi.
Corriere dello Sport ma'lumotlariga ko'ra, «Roma» 25 yoshli yarim himoyachini 31 iyulgacha sotishni rejalashtirmoqda. Bu klubga UEFAning moliyaviy nazorat bo'yicha talablarini bajarishga yordam beradi. Rim klubi yarim himoyachini 60 million evroga baholamoqda.
Kone 2026 yilgi jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatganidan so'ng, yuqori darajadagi klublarning e'tiborini tortdi. «Manchester Yunayted» o'ychi bilan shaxsiy shartlarni allaqachon kelishib olgan, ammo «Roma»ga rasmiy taklif yuborilmagan.
«Manchester Yunayted» ichida Kone nomzodi bo'yicha to'liq kelishuv yo'q. The Telegraph ma'lumotlariga ko'ra, bitim bir ovoz bilan qo'llab-quvvatlanmagan.
«Yunayted»dan tashqari, fransuzga «Arsenal» va «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda.




