Milanlik «Inter» jiddiy ravishda Argentina terma jamoasi va Londonning «Tottenxem» klubi markaziy himoyachisi Kristiyan Romero'ni sotib olishni maqsad qilgan.
Insayder Janluidji Longari ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berganidek, klublar o'rtasida potentsial shartnoma bo'yicha muzokaralar o'tkazilgan. «Nerazzurri» rahbariyati 28 yoshli futbolchini o'tkazish uchun taxminan 40 million evro to'lashga tayyor.
Romero London jamoasida 2022 yilning avgustidan beri o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning iyun oyida tugaydi. Transfermarkt portalining mutaxassislari argentinalik futbolchining bozor qiymatini 50 million evro deb baholamoqda.




