«Manchester Siti» yarim himoyachisi Elliot Anderson sobiq futbolchi Kevin de Bruyne haqida fikr bildirdi. Hozirda u italiyaning «Napoli» klubida o'ynaydi.

«Men bu haqda allaqachon aytganman. Kevin de Bruyne so'nggi 7-8 yil davomida o'zimga o'rnak olgan futbolchidir. Men unga o'xshash bo'lishni xohlar edim. «Manchester Siti» o'yinlarini ko'p tomosha qildim», - deydi futbolchi ESPN'ga bergan intervyusida.

Shuni eslatib o'tamizki, «Manchester Siti» 23 yoshli yarim himoyachisi uchun 135 million evro to'lagan.

O'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida Anderson 38 o'yinda qatnashdi. Yarim himoyachi to'rt gol urdi va to'rt assist berdi, shuningdek, sakkiz sariq kartochka oldi.