Xavbek Aladji Bamba «Monako»dan «Nyukasl»ga o'tdi. Bu haqda ingliz klubining matbuot xizmati xabar berdi.

20 yoshli fransuz yarim himoyachisi «sorokalar» bilan besh yillik uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Bamba «Nyukasl»da sakkizinchi raqam ostida maydonga tushadi.

O'tgan mavsumda Angliya Premyer Ligasi bo'yicha «sorokalar» 49 ball to'plab, turnir jadvalida 12-o'rinni egalladi.

Bamba «Monako» futbol akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Transfermarkt portali xabar berishicha, shartnoma summasi 35,5 million evroni tashkil etadi.