«Manchester Yunayted» rahbariyati o‘rta chiziqni kuchaytirish ustida ishlamoqda, bu haqda Sky Sports jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, «qizil iblislar» yozgi transfer oynasida yangi yarimhimoyachi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. APL bronza medali sohibi ikki futbolchini o‘z qiziqishlari doirasiga olgan: Manu Kone («Roma») va Karlos Baleba («Braiton»).
25 yoshli fransuz o'tgan mavsumda rimlik jamoa safida 29 uchrashuvda maydonga tushdi. Kone ikki gol urdi va uch assist berdi. Baleba esa, o‘z navbatida, APLda 31 uchrashuv o‘tkazdi. Kamerunlik futbolchi beshta sariq kartochka oldi, lekin gol urish yoki assist berish bilan ajralib turmadi.




