«Lids» «Manchester Siti» bilan darvozabon Jeyms Trafordni transfer qilish bo'yicha muzokaralar boshladi. Ingliz darvozaboni klubga qaytganidan bir yil o‘tmay, «shahar»ni tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda BBC.

O‘tgan mavsumda u «Manchester Siti» uchun faqat 17 ta o‘yinda qatnashdi, shuningdek, Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogini yutdi. Traford 2026-yilgi Jahon chempionatida Angliya terma jamoasiga kiritilgan, lekin turnirda o‘ynamadi.

«Lids» yangi mavsum oldidan Trafordni o‘zining birinchi raqamli darvozaboni qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 23 yoshli futbolchiga «Nyukasl» va «Aston Villa» ham qiziqish bildirdi, lekin «sorok»ning 58 million evro narxi ularni qo‘rqitdi.