«Manchester Siti» rasmiy ravishda yarim himoyachi Elliott Andersonning «Nottinhem Forest»dan transferini tasdiqladi. 23 yoshli futbolchi klub bilan 2031 yilgacha shartnoma imzoladi.

Anderson «Nyukasl»ning tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2024 yil yozida «Nottinhem Forest»ga o'tdi va tezda jamoaning yetakchilaridan biriga aylandi. «Siti Graund»da o'tkazgan ikki mavsumida yarim himoyachi ingliz futbolining eng istiqbolli markaziy yarim himoyachilaridan biri sifatida o'zini namoyon etdi va milliy terma jamoaga joy oldi. O'tgan mavsumda Anderson 50 uchrashuvda maydonga tushib, 4 gol urdi va 5 golli uzatma berdi.

«Siti» dunyoning eng yirik klublaridan biri, jamoaning tarkibi juda kuchli. Klubning qiziqishi haqida bilganimdayoq, ushbu transfer amalga oshishini xohladim. Har bir futbolchi eng yuqori darajada o'ynashni orzu qiladi, va bu yerda menga bunday imkoniyat beriladi», - dedi Anderson.

Transfermarkt portaliga ko'ra, transfer narxi 135 million evro tashkil etdi.