Argentinalik yarimhimoyachi Valentin Barko «Strasburg»dan ketib, karerasini tumanli Albionda davom ettiradi. Bunga ijtimoiy tarmoqlar orqali mashhur insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
22 yoshli yarimhimoyachining yangi ish joyi Londondagi «Chelsi» bo‘ladi. Tomonlar o‘rtasida kelishuv amalga oshirildi. Barkoning transferi haqida rasmiy ravishda yaqin kunlarda e'lon qilinadi.
Valentin 2026-yilgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi safida bo‘lgan. U Iordaniya milliy jamoasiga qarshi o‘yinda (3:1) ishtirok etgan.
Fransiya chempionatida 2025/2026-yilgi mavsumda Barko 27 o‘yinda qatnashdi. Yarimhimoyachi ikki gol urib, to‘rt assist berdi.




