«Manchester Yunayted»ning o‘yinchi lideri Bruno Fernandes o‘zining jamoadagi kelajagini aniqladi. Daily Express ma'lumotiga ko‘ra, portugaliyalik yarimhimoyachi «qizil iblislar» safida o‘ynashni davom ettirishga qaror qildi.

Manba shuni ta'kidlaydiki, 31 yoshli futbolchi o‘z qarorini yaqin kunlarda tasdiqlaydi. Bruno va Manchester Yunayted o‘rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yilning yozida tugaydi.

O‘tgan Angliya Premer-ligasida Fernandes 35 ta o‘yinda maydonga tushdi. U 9 ta gol urdi va 21 ta golli pas berdi.

«MYU» chempionatda uchinchi o‘rinda tugatdi va UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘llanma oldi.