Yangi qo'shilgan «Chelsi» futbolchisi Morgan Rodjers jamoaning bosh murabbiyi Xabi Alonsoning Londondagi klubga qo'shilish qaroriga qanday ta'sir qilgani haqida so'zlab berdi.
23 yoshli Rodjers rasmiy ravishda Britaniyaning eng qimmat futbolchisi bo'lib, bir necha hafta avval «Manchester Siti»ga 116 million funt sterlingga o'tgan Elliot Andersonni ortda qoldirdi.
«Men Xabi Alonsoga bir necha marta gaplashdim. Mening uchun uning qanday murabbiy ekanini, qanday inson ekanini va qanday ishlashni xohlayotganini tushunish muhim edi.
Uning qarashlari to'liq mening o'yin ko'rishim, o'ynash istagim, o'zim bo'lishim, erkin bo'lishim va o'zimni ifoda etishim bilan mos keladi.
Uning ushbu loyihadagi ishtiroki men uchun katta qadam bo'ldi», - deydi Rodjers tribalfootball.com saytida.




