«Roma» Akselya Disasini «Chelsi»dan sotib olish uchun so'rov yubordi.
28 yoshli futbolchi yanvar oyida «Vest Xem»ga ijaraga o'tdi. Foot Mercato ma'lumotlariga ko'ra, markaziy himoyachi nihoyat «Stamford Bridj»ni tark etishi mumkin, chunki «Roma» unga qiziqish bildirdi.
Serie A klubi futbolchining vakillari bilan ham bog'landi. «Chelsi» Disasining narxini 20 million evro deb baholadi. Avvalroq Disasi London klubining yozgi transfer rejalari doirasida sotilishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatiga kiritilgan edi.
Fransuzning Londondagi klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. transfermarkt portaliga ko'ra, himoyachining bahosi 15 million evro.




