«Tottenxem» yarimhimoyachisi Lukas Bergvall «Nyukasl»ga o'tishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, «sorokalar» 20 yoshli futbolchi uchun kurashda yetakchilik qilmoqda, deb xabar beradi insayder Nikolo Skira. Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Nyukasl» «shporlar»ga istiqbolli shved futbolchisi uchun taxminan 60 million evro taklif qilmoqchi.
Avvalroq Lukas Bergvallga Dortmundning «Borussiya» va «Nottingem Forest» jamoalari ham qiziqish bildirgandi. Mashhur Transfermarkt portali ekspertlari yarimhimoyachining narxini 35 million evro deb baholamoqda. O'tgan mavsumda futbolchi «Tottenxem» safida 33 o'yin o'tkazib, bir gol urgan va beshta golli uzatma bergan.




