«Aston Villa» «Chelsi»ning hujumchisi Nikolayus Jeksonni qo'lga kiritish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, forvardning ismi klub o'rtasida so'nggi 24 soat ichida olib borilgan aloqalarda muhokama qilingan. Birmingem jamoasining bosh murabbiyi Unai Emeri Jekson bilan «Vilyarreal»da birga ishlagan va uning o'yin sifatlariga katta qiziqish bildiradi.

O'tgan mavsumda Jekson «Bavariya»da ijarada o'ynadi. 25 yoshli senegallik 34 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Jeksonning bozor qiymati 40 million evro deb baholangan.