«Manchester Yunayted» 2026/2027 mavsumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shanba kuni Maykl Karrik boshqaruvidagi jamoa «Rexxem»ga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi. O‘yin Finlyandiyaning Helsinki shahridagi Olimpiya stadionida bo‘lib o‘tdi.

Albatta, favorit «Manchester Yunayted» edi, lekin g‘alabani «Rexxem» qo‘lga kiritdi. Yagona gol muallifi Sem Smit bo‘lib, u birinchi taymning oxirida farqlanishga muvaffaq bo‘ldi.

«Manchester Yunayted» o‘tgan mavsumda Premyer-ligada uchinchi o‘rinni egalladi. «Rexxem» esa Chempionshipda yettinchi o‘rinda tugatdi.

«Manchester Yunayted»ning APL mavsumidagi birinchi o‘yini 22 avgustda «Xoll Siti»ga qarshi, safarda bo‘lib o‘tadi.