Chempionatda «Vest Xem» jamoasining qanot hujumchisi Krisenyo Sammervill yaqin kunlarda Italiyada faoliyatini davom ettirishi mumkin. U «Roma» futbolchisi bo'lishi kutilmoqda. Bu haqida italiyalik jurnalist Janluka di Marcio xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Rim klubiga o'tishga rozilik bergan. «Vest Xem» Sammervill uchun taxminan 46 million evro olishi mumkin – aynan shuncha summani «Roma» taklif qilgan.
O'tgan mavsumda hujumchi Angliya Premer-ligasida 31 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. 2026-yilgi Jahon chempionatida niderlandiyalik to'rt uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.




