Yarim himoyachi Yohan Manzambi «Freiburg»dan «Aston Villa»ga o'tdi. Birmingham klubi 20 yoshli shveysariyalik futbolchining transferi haqida hech qanday tafsilot bermadi. Hattoki, futbolchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasining muddati ham oshkor qilinmadi.
Bu yozda Manzambi Jahon chempionatida yaxshi taassurot qoldirdi. Shveysariya terma jamoasi safida to'rt o'yinda Yohan uchta gol urdi va ikki golga uzatma berdi.
«Aston Villa» o'tgan mavsumda Premier-ligada to'rtinchi o'rinni egalladi. Yangi mavsumda Unai Emeri jamoasi Angliyani Chempionlar ligasida namoyon qiladi.




