«Lids» o'zining rasmiy saytida transfer haqida e'lon qildi. Markaziy himoyachi Tarik Mukharamovich ingliz klubiga «Sassuolo»dan o'tdi. 23 yoshli Mukharamovich besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi oshkor qilinmagan.
Tarik Mukharamovich Bosniya va Gersegovina milliy terma jamoasining futbolchisidir. Ushbu yozda himoyachi jahon chempionatida ishtirok etdi.
«Lids» o'tgan mavsum Angliya Premyer Ligasi bo'yicha 14-o'rinni egalladi va elitada qolishga muvaffaq bo'ldi. Kelgusi chempionatning birinchi turida «pavlinlar» «Nottingham Forest»ga qarshi safarda o'ynaydi. O'yin 22 avgustda bo'lib o'tadi.




