Londondagi «Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezus «Milan»ning transfer maqsadlari orasida qolmoqda.
«Rossoneri» uzoq vaqtdan beri braziliyalik futbolchiga asosiy da'vogar sifatida ko'rsatilmoqda, ammo hozircha «kanonirlar» bilan transfer shartlari bo'yicha kelisha olishmayapti. Sport Witness ma'lumotlariga ko'ra, «Arsenal» forvard uchun taxminan 23 million evro talab qilmoqda, lekin «Milan» bu narxni yuqori deb hisoblaydi va londondiklarni talablarni pasaytirishga undamoqda.
Gabriel Jezusning bozor qiymati, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 17 million evro. 29 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi bir yildan keyin tugaydi va uni uzaytirish ehtimoli past.




