«Real» himoyachisi Raul Asensio «Chelsi»ning qiziqishini rad etdi. Bu haqda Le Journal du Real xabar bermoqda.

Avvalroq londondagi klub 23 yoshli futbolchining vakillari bilan bog'lanib, yozgi transferini amalga oshirish imkoniyatini o'rganib chiqqan edi. Biroq, Asensio o'zining jamoasini tark etishni istamaydi va «Real»da joy uchun kurashishni umid qilmoqda.

O'yinchi Mourinoga ta'sir o'tkazish va yangi mavsumda portugaliyalik mutaxassisning rejalarida o'z o'rnini olish uchun yozgi tayyorgarlikdan foydalanmoqchi.

O'tgan mavsumda Asensio Rudiger va Militao jarohatlarini hisobga olib, La Ligada 23 ta o'yin o'tkazdi va 18 marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. Klubning himoya chizig'iga yangi o'yinchilar qo'shilishi bilan yangi mavsumda uning o'yin vaqti sezilarli darajada kamayishi mumkin.