Londonning «Arsenal» klubi braziliyalik hujumchi Gabriele Jzezusni yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin sotmoqchi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Xabarlarga ko'ra, hozirda «kanonirlar» 29 yoshli hujumchi uchun yangi klub izlamoqda. Angliya chempionlari 23,4 million evro atrofidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Hozirgi kunda Jzezus uchun asosiy da'vogar «Milan» hisoblanadi. Ammo yaqinda «Yuventus» va «Atletiko» Madrid ham ushbu o'yinchi uchun so'rov yuborgan.
2025/26 yilgi mavsumda Jzezus barcha musobaqalarda 27 o'yin o'tkazib, 6 marta raqib darvozasi to'sigini yengib o'tdi va 2 ta golli uzatma berdi.




