«Benfika» himoyachisi Antoniu Silva ingliz «Bournemouth» klubiga o'tishi mumkin. Avvalroq 22 yoshli portugalik hozirgi klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.
Fabrizio Romano ma'lum qilganidek, «Bournemouth» Silva bilan bitimni yakunlashga yaqin. «Vishni» allaqachon futbolchi bilan shartnomani kelishib oldi, «Benfika» bilan muzokaralar esa oxirgi bosqichda. Biroq, bu hafta oxirigacha transfer to'liq rasmiylashtirilishi qiyinligi ta'kidlanmoqda.
Avvalroq, Silva italiyalik «Milan» klubiga ham o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Bitim summasi 25-30 million evroga baholangan.
O'tgan mavsumda himoyachi 41 o'yinda maydonga tushdi, barcha musobaqalarni hisobga olganda. U bir gol urdi va bir assist berdi.




