«Barselona» yarim himoyachi Mark Bernalni Markus Rashford bilan almashish imkoniyatidan voz kechdi.
«Manchester Yunayted» rahbariyati ingliz qanot o'yinchisi bo'yicha muzokaralarda kelishuvga erishishga tayyor edi, lekin «ko'k-qizil»larning istiqbolli yarim himoyachisini bitimga kiritishni talab qildi. Mundo Deportivo ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona» bunday variantni darhol rad etdi, 19 yoshli ispanyol o'yinchi ham qiziqish bildirmadi.
Transfermarkt saytida Markus Rashfordning baholangan narxi 40 million evro, Mark Bernalning narxi esa 30 million evro. Eslatib o'tamiz, o‘tgan mavsumda «qizil iblislar» tarbiyalanuvchisi Kataloniyada ijarada o'ynagan.




